
Namangan viloyatida yongʻin oqibatida ogʻir kuyish jarohatini olgan ikki bolani qutqarishning iloji boʻlmadi
5 Aprel 2025, 22:181-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum boʻlishicha, YTH soat 08:00 da Ohangaron tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 34-kilometrida sodir boʻlgan. Toʻrtta transport vositasi oʻzaro toʻqnashib ketgan: Cobalt va Nexia yengil avtomobillari, shuningdek, “Zil” va Howo yuk mashinalari.
“Zil” yuk mashinasi yoʻldan chiqib ketgan va zarbadan agʻdarilib ketgan. Yoʻl-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmadi. Transport vositalariga texnik shikast yetgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.