27 Noyabr 2024, 12:20 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida uyida pirotexnika vositalarini saqlab kelgan shaxs ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida uyida pirotexnika vositalarini saqlab kelgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” tezkor profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda. Viloyat IIBB ma’lum qilishicha, hududda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingan.

Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Istiqlol mahallasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro (Z.U.) xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonida 536 dona turli hajm va ko‘rinishdagi pirotexnika vositalarini sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar