24 Mart 2025, 21:23 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida uchta qoʻshni uy yonib ketdi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar yoʻq.

Toshkent viloyatida uchta qoʻshni uy yonib ketdi

24-mart kuni Toshkent viloyatida sodir boʻlgan yirik yongʻin qoʻshni binolarning tomlarini qamrab oldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea Qibray tumani “Doʻrmon” mahallasida sodir boʻlgan. Yongʻin haqida soat 18:26 da qutqaruvchilarga xabar kelib tushgan, shundan soʻng voqea joyiga 9 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yordamchi texnikalar bilan yetib borgan.

19:33 da mutaxassislar yongʻinni qurshab olishga muvaffaq boʻlgan, 20:10 da esa yongʻin toʻliq oʻchirilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻindan umumiy maydoni taxminan 415 kv. m boʻlgan uchta qoʻshni turar-joy binosi, shuningdek, tom, tom yopmalari va uy-joy buyumlari yonib zararlangan.

Jabrlanganlar va halok boʻlganlar haqida maʼlumot kelib tushmadi. Hozirda mutaxassislar tomonidan yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar