Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotyotgan “zapravka”lar aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan AYQShlar kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatilgan.
Toshkent viloyatida sifatsiz neft mahsulotlari sotuvga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Unda bir qator AYQShlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Xususan, Nurafshon shahrida joylashgan “S.M.O.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) maʼlum boʻlgan.
Shu kabi holatlar Angren shahrida joylashgan “U.” MChJ va Parkent tumanida joylashgan “S.G.O.A.” MChJga qarashli AYQShlarda ham aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi