Toshkent viloyatida ro‘mol o‘rab, niqob taqib yurgan ayol jarimaga tortildi
Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan holda niqob taqib yurgan ayol ishi sudda ko‘rib chiqildi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida ro‘mol o‘rab, niqob taqib yurgan ayol ishi sudda ko‘rildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2-avgust kuni soat 11:51 lar atrofida Zangiota tumani, Mustaqillik ko‘chasida ayol jamoat joyida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda harakatlanib kelgani yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sudda ayol mebel sexida ishchi vazifasida ishlab kelishini aytgan. 2-avgust kuni soat 11:50 da shu ko‘chada joylashgan oziq-ovqat do‘koniga non va qatiq mahsulotini xarid qilish uchun yuzida “maska” taqilgan holatda ketayotgan vaqtida IIB xodimlari uni to‘xtatib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatini so‘ragan.
Tomog‘ida allergiya borligi sababli niqob taqib yurishini, kassaligi haqida hech qanday hujjat yo‘qligi, jamoat joyida niqob taqib yurish mumukin emasligini bilmasligi, ishdan shoshib chiqqani sababli niqobini yechmagani uchun uzr so‘rab, oilaviy sharoiti og‘irligi voyaga yetmagan farzandlari borligi, yolg‘iz ayol ekanini bildirib, suddan yengilik berishni so‘radi.
Sud qarori bilan ayol ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va 1,7 mln so‘m jarimaga tortildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi