11 Aprel 2025, 16:49 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida qutqaruvchilar togʻda adashib qolgan ikki fuqaroga yordam berdi

Qidiruv ishlari 11 soat davom etdi.

Toshkent viloyatida qutqaruvchilar togʻda adashib qolgan ikki fuqaroga yordam berdi

Toshkent viloyatida qutqaruvchilar togʻda adashib qolgan oʻzbekistonliklarga yordam berishdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea Parkent tumanida sodir boʻlgan. 9-aprel kuni qutqaruvchilarga guruh bilan “Oqsoq ota” togʻi choʻqqisiga chiqqan ikki kishi qaytishda adashib qolgani haqida signal kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari 11 soatlik qidiruvdan soʻng adashib qolgan aholini topishga muvaffaq boʻldi. Jabrlanganlar xavfsiz hududga olib ketildi. Ularning ahvoli haqida maʼlumot yoʻq.

Mashhur yangiliklar