25 Yanvar 2025, 17:10 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro U.U.ning (muqaddam sudlangan) xonadoni koʻzdan kechirilganda, 770 dona oq qizil rangli “ZARDEKS” nomli kapsula va 26 dona flakonda “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Mashhur yangiliklar