23 Oktabr 2024, 18:23 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida “prava” olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi

Hozirgi kunda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyatida “prava” olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi

Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro X.A. fuqaro M.M.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.U. va A.P. fuqarolar I.E. va I.U.ga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari va 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar