Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi
Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak maktab xonasida o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Vaziyat bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova nazoratiga olindi.
Videoda o‘qituvchi bolani stolga yiqitgani va tepib, kaltaklaganini ko‘rish mumkin. Boshqa bir katta yoshli erkak holatga aralashgan, lekin o‘qituvchi yana o‘quvchiga hujum qilganda uni to‘xtatmagan.
Ombudsman xabariga ko‘ra, voqea 9-oktabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Informatika fani o‘qituvchisi, 34 yoshli M.A. 15 yoshli 9-sinf o‘quvchisi Q.S.ni mavzu bo‘yicha qo‘shimcha dars vaqtida go‘yoki chalg‘itgani uchun haqorat qilib, kaltaklagan.
Holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘smirning jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda “peshexod”dan oʻtayotgan maktab oʻquvchisini mashina urib yubordi Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Samarqandda 3-sinf o‘quvchisini avtobus urib yubordi Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda