18 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Yuqori Chirchiq tumanida mayning ferma tashkil etib, qariyb 140 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi.

Toshkent viloyatida noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida mayning ferma tashkil etilgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro K.A. “Navro‘z” MFY hududidagi xonadonida qonunga xilof ravishda telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

Faoliyat davomida jami 139,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar