Toshkent viloyatida mayning ferma davlatga 1,25 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida mayning ferma tashkil qilgan shaxslar davlatga 1,25 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Unga ko‘ra, departamentning Qibray tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. “Guliston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Sh. “Sultonravot” MFY hududidagi turar joy binosida “ArtMiner S9” rusumli mayning qurilmasini o‘rnatib, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 50,7 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi