Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan MChJlar jarimaga tortildi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan turfirmalar jarimaga tortilganini maʼlum qildi.

Toshkent viloyatida “Umra” tadbirini litsenziyasiz tashkil etgan firmalarga moliyaviy jarima qoʻllanildi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xabar berdi.
Qayd etilishicha, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvda Angren shahrida joylashgan “Nazir travel N1” MChJ va “Bonu travel 000” MChJ litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani aniqlangan. MChJlarga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanilgan.
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. soʻm) etib belgilangan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Din ishlari boʻyicha qoʻmita ziyoratchilarni “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh boʻlishlari va keyinchalik turli koʻngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Bekoboddagi zapravkada 11 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Toshkent viloyati 19 yoshli yigit pichoqlab o‘ldirildi Bekobodda qum qazib olganlar tabiatga 100,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi Toshkent viloyatida issiqxona 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan erkak ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







