3 Oktabr 2024, 08:52 •Oʻzbekiston
Toshkent viloyatida ko‘prik qulab tushdi
Piskent tumanida ustidan og‘ir yuk mashinasi o‘tayotgan ko‘prik qulab tushdi.
Toshkent viloyati Piskent tumanida ko‘prik qulab tushgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa kecha, 2 oktyabr kuni soat 20:00 larda sodir bo‘lgan.
37 yoshli haydovchi “Hovo” yuk mashinasini boshqarib ketayotib Piskent tumani hududidan o‘tgan Nurafshon-Piskent avtomobil yo‘lining 12-kilometrida joylashgan ko‘prik ustidan o‘tayotganda u qulab tushgan.
Oqibatda yuk mashinasi tirkamasi Polvonov nomli kanalga tushib ketgan. Hodisa sodir bo‘lganda ko‘prik tepasida odamlar bo‘lmagan. Haydovchi ham jarohatlanmagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda hodisa yuz bergan joyga IIB xodimlari jalb etilgan va xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida “Jiguli” yonib ketdi Toshkentda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni mashina urib yubordi Boʻstonliqda bir-biriga tutash ikki uyda yongʻin sodir boʻldi Ohangaronda MChJ rahbari 9 kishining nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirgani aniqlandi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinganlar tabiatga 183 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Soʻnggi yangiliklar
Uzbekistan Airways vaqtincha Iroq va Eron havo hududini aylanib oʻtadi
3 Oktabr 2024, 10:51Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi
3 Oktabr 2024, 10:16Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi
3 Oktabr 2024, 09:38Toshkent viloyatida ko‘prik qulab tushdi
3 Oktabr 2024, 08:52Ikki aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
3 Oktabr 2024, 08:17O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
3 Oktabr 2024, 07:40O‘zbekistonga Paypal, Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlari kirib keladi
2 Oktabr 2024, 19:24Ayrim iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lov tarifini o‘zi tanlashi mumkin bo‘ladi
2 Oktabr 2024, 18:36