16 Dekabr 2024, 19:28 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida kelin-kuyov nomaʼlum moddadan zaharlanib, vafot etdi

Piskent tumanida 14-dekabr kuni toʻyi boʻlgan er-xotin zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Toshkent viloyatida kelin-kuyov nomaʼlum moddadan zaharlanib, vafot etdi

Toshkent viloyatida er-xotin zaharlanish oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

Uning maʼlum qilishicha, joriy yilning 15-dekabr kuni Piskent tumani, “Birlik” MFYda 29 yoshli R.D. va uning qonuniy nikohdan utmasdan yashab kelgan 27 yoshli ayoli A.S. vafot etgan.

Aniqlik kiritilishicha, voqea boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, shaxslarning vafoti nomaʼlum modda bilan zaharlanish, ichki aʼzolarning venoz (toʻlaqonli), miya va oʻpka shishishi aniqlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar