Toshkent viloyatida Jiguli va Niva ishtirokida YTH sodir boʻldi
YTH oqibatida 2009 tugʻilgan yoʻlovcha yengil tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jiguli va Niva rusumli avtomashinalar toʻqnashgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB YHXB mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa kecha, 15-oktyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Nayman MFY hududidan oʻtgan M39 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.
Yoʻlining 16-kilometrida 1989-yilda tugʻilgan M.Z. Vaz 2101 rusumli transport vositasida yoʻl harakati qoidalarini buzib, svetofor chiroqlariga amal qilmasdan qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan holda harakatlangan. Bu vaqtda mazkur yoʻlga qoʻshilish maqsadida ichki koʻchadan chiqib kelgan Q.Q. (1987-yilda tugʻilgan) boshqaruvidagi Niva rusumli avtomobil bilan toʻqnashuv sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida Vaz 2101 rusumli avtomobil yoʻlovchisi A.Z. (2009 tugʻilgan) yengil tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Manbaga koʻra, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zangiota tumanidagi “Nayman” mahallasi aholisi ikki yildan beri masʼullarga murojaat qilib, haydovchilar 7-maktab yonidagi svetoforning qizil chirogʻiga ham eʼtibor bermasligini, bu oʻquvchilar va shu yoʻldan oʻtib-qaytuvchi fuqarolar hayotiga xavf solishini aytmoqda.
Niva’da yashil chiroqda chiqishimga qaramasdan, qarama-qarshi yoʻnalishdan chiqib kelgan Jiguli menga kelib urildi. Agar shu yerda bolalar boʻlganda nima boʻlardi?, deydi murojaatchi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi