Toshkent viloyatida issiqxona 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.

Toshkent viloyatida 309,3 million so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi.
“Hududgazta’minot” xabar berishicha, respublikaning barcha hududida tabiiy gaz ta’minotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi.
Tumanning “Obod” MFYda yashovchi fuqaro M.R. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, tabiiy gaz quvuriga gaz hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, zangori yoqilg‘idan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 309 million 348 ming so‘mlik zarar aniqlandi. Bu bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida qutqaruvchilar togʻda adashib qolgan ikki fuqaroga yordam berdi Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Andijondagi bog‘cha 226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







