10 Dekabr 2024, 10:23 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida ham yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Qibray tumanida osh markazi va do‘kon yonib ketdi.

Toshkent viloyatida ham yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida osh markazi va do‘kon yonib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 10-dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati FVBga Qibray tumani, “G‘afur G‘ulom” MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning birida (osh markazi) yong‘in sodir bo‘layotganli haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyigi yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va soat 05:50 to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yongʼinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar rahbar xodimlari yetib borgan.

Mashhur yangiliklar