24 Yanvar 2025, 16:00 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan zaharlandi, ayol vafot etgan

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan zaharlandi, ayol vafot etgan

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 51 yoshli ayol is gazidan vafot etdi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, 23-yanvar kuni Olmaliq shahar IIB Navbatchilik qismidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, Olmaliq shahar, Kamolot ko‘chasidagi uyda yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan ayol D.X. o‘z yashash xonadonida vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

Sud-tibbiy ekspertiza byurosining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra uning o‘limi o‘tkir is gazidan zaharlanish natijasida yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Marhumaning erida ham zaharlanish alomatlari borligi uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar