16 Dekabr 2024, 10:40 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida Damas’ni poyezd urib yubordi

Mashinist mashinani koʻrib, darhol tormozlashni faollashtirgan, biroq bu foyda bermagan.

Toshkent viloyatida Damas’ni poyezd urib yubordi

Toshkent viloyatida temiryoʻliga tiqilib qolgan Damas’ni poyezd urib yubordi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 15-dekabr kuni “Dalaguzar—Nazarbek” temiryoʻl kesishmasida sodir boʻlgan. Damas haydovchisi taqiqlovchi belgilarga eʼtibor bermay, noqulay ob-havo sharoitida temiryoʻlni kesib oʻtishga harakat qilganida avtomashina temiryoʻllarga tiqilib qolgan.

Damas egasi va boshqa avtomashinalar haydovchilari bilan birgalikda mashinani surishga harakat qilgan, ammo buning iloji boʻlmagan.

Yuk poyezdi mashinisti relsda tiqilib qolgan mashinani koʻrib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirgan. Biroq yuk poyezdining 800 metrdan 1000 metrgacha boʻlgan tormoz masofasi hisobga olinsa, toʻqnashuvning oldini olishning iloji boʻlmagan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Mashhur yangiliklar