Toshkent viloyatida bosh hisobchi 1,9 mlrd soʻmni oʻzlashtirgani aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyatidagi ikkita MChJning bosh hisobchisi umumiy 1,9 mlrd soʻmni oʻzlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda fuqaro S.O. “L.A.” va “Z.P.” MChJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, ushbu korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, jami 1,9 mlrd soʻm mablagʻlarini oʻzining plastik kartasiga oʻtkazib olib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Bekoboddagi zapravkada 11 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Toshkent viloyati 19 yoshli yigit pichoqlab o‘ldirildi Bekobodda qum qazib olganlar tabiatga 100,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi Toshkent viloyatida issiqxona 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan erkak ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







