
Toshkent viloyatida bogʻcha tarbiyachisi bolalarni kaltaklab, ularga qoʻpol munosabatda boʻldi — video
Ota-onalar bolalarda zoʻravonlik izlarini koʻrganidan keyin kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni koʻrsatishni talab qila boshlagan.

26-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi xususiy bogʻchalardan birida bolalarni kaltaklashayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat SSB hodisaga izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat Zangiota tumanidagi xususiy bogʻchada sodir boʻlgan. Ota-onalar oʻz farzandlarida tarbiyachi tomonidan zoʻravonlik izlarini topgan. Ular bogʻchaga kelib, kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni koʻrsatishni talab qilishgan.
Maʼlum boʻlishicha, tarbiyachi bolalarga qoʻpol munosabatda boʻlib, ularni kaltaklagan. Aytilishicha, u muassasada yarim yilcha ishlagan. Shundan soʻng muassasa rahbariyati tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan.
“Barcha xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qatʼiy ogohlantirish berildi. Zoʻravonlikka qarshi kafolat xatlari olindi”, — deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar







