Toshkent viloyatida ayol chegaradan bir kilodan ortiq oltin olib o‘tishga urindi
Huquqbuzar qimmatbaho buyumlarni intim zonasiga yashirgan.

Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari bir kilogramm oltinni chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea “Navoiy” chegara-bojxona postida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlarining e’tiborini postdan piyoda o‘tayotganda o‘zini shubhali tutgan ayol tortdi. Shu munosabat bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari uni shaxsiy tintuvga taklif qilgan.
Unda ayolning intim hududidan umumiy qiymati 1 mlrd 100 mln so‘mlik, og‘irligi 1 013 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari topilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda bir million dollardan ortiq mablag‘ning xorijga chiqib ketishining oldi olingani xabar qilingandi. Huquqbuzarlar katta miqdorda jarima yoki qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Izohlar