20 Noyabr 2024, 14:27 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi

Hozirgi kunda onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi.

Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida vazni 7 kilogramm boʻlgan pahlavon chaqaloq tugʻildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Nurafshon shahar Tugʻruq kompleksida vazni deyarli 7 kg boʻlgan chaqaloq dunyoga kelgan. Hokimlik taqdim etgan rasmlardan ham koʻrish mumkinki, chaqaloq yaqinda tugʻilgan boʻlsada, u bir qarashda 1-1,5 yoshli bolani eslatadi.

Bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilmoqda, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi.

Mashhur yangiliklar