Toshkent viloyatida 6 yoshli bolani Damas urib yubordi
Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi.
27-iyul kuni soat 13:10 atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda yo‘l chetida turgan Cobalt mashinasidan katta yoshdagi erkak va voyaga yetmagan qiz tushib, yo‘lning narigi betiga o‘tganini ko‘rish mumkin.
Shundan so‘ng, 6 yoshli bola ularning ortidan ergashmoqchi bo‘lib, yo‘lga qaramay, yugurib o‘tmoqchi bo‘ladi. Shu paytda uni yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan kelayotgan 25 yoshli haydovchi Z.M. boshqaruvidagi Damas urib yuboradi.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida bola turli xil tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
YHXB ota-onalardan farzandlarini avtomobil yo‘llarida qarovsiz qoldirmasliklarini eslatib o‘tdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryodagi YTHda 19 yoshli uch yigit vafot etdi Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt YTHga uchradi Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi