Toshkent viloyatida 6 yoshli bolani Damas urib yubordi
Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi.
27-iyul kuni soat 13:10 atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda yo‘l chetida turgan Cobalt mashinasidan katta yoshdagi erkak va voyaga yetmagan qiz tushib, yo‘lning narigi betiga o‘tganini ko‘rish mumkin.
Shundan so‘ng, 6 yoshli bola ularning ortidan ergashmoqchi bo‘lib, yo‘lga qaramay, yugurib o‘tmoqchi bo‘ladi. Shu paytda uni yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan kelayotgan 25 yoshli haydovchi Z.M. boshqaruvidagi Damas urib yuboradi.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida bola turli xil tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
YHXB ota-onalardan farzandlarini avtomobil yo‘llarida qarovsiz qoldirmasliklarini eslatib o‘tdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi va 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Farg‘onada “Lacetti” haydovchisi 57 yoshli fuqaroning o’limiga sababchi bo’ldi Samarqanddagi ayanchli YTHda “Jiguli” haydovchisi halok boʻldi Qoraqalpog‘istondagi YTHda velosipedchi halok bo‘ldi Toshkent viloyatida yovvoyi cho‘chqani otib o‘ldirganlar jarimaga tortildi