5 Fevral 2025, 10:15 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida 529 gramm gashish olib yurgan avtomashina fosh etildi

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 529 gramm gashish olib yurgan avtomashina fosh etildi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida gashish giyohvandlik vositasi fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, post orqali fuqaro boshqaruvida harakatlangan avtomashina bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida orqa eshik ichki qoplamasida xufiyona yashirib joylashtirilgan, 1 dona zarli qog‘oz o‘ramida 529 gramm gashish giyohvandlik vositasi fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, 2024-yilning o‘tgan davr mobaynida 78 ta holatda 75 kgdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Mashhur yangiliklar