15 Iyul 2024, 18:30 •Oʻzbekiston
Toshkent viloyatida 40 ming dollarga 15 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Oʻrta Chirchiq tumani hududidan 15 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda, fuqaro K.R. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani “Evalak” MFY hududidan 40 000 AQSH dollari evaziga 15 sotix yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSH dollari va 6,4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Toshkentda fuqaroni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi To‘rt viloyatda pora olayotgan advokatlar qo‘lga tushdi Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan shifokor ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24