Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi
Toshkent viloyatida novvoyxonaning hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi.
FVV qutqaruvchilari Toshkent viloyati hojatxonaga tushib ketgan qizchani qutqarib qoldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 17-oktyabr kuni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani Birlik mahallasida joylashgan novvoyxonalarning birida sodir boʻlgan. 2023-yilda tugʻilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hojatxonaga tushib ketgan. Hodisa toʻgʻrisida FVBga soat 11:44 da xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sogʻ-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
Shundan soʻng qizcha malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Toshkent viloyatida fuqaro 5 metrlik chuqurlikka tushib ketdi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkent metrosida hojatxona quriladigan 9 ta bekat nomi ma’lum bo‘ldi