Toshkent viloyati uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Toshkent viloyatida jamoat transportini yaxshilash maqsadida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi rejalashtirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Zoir Mirzayev 16-oktyabr kuni o‘tkazilgan “hokimlik soati”da Toshkent viloyatida transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Transport boshqarmasi aholi vakillarining fikrini o‘rgangan holda, barcha shahar va tumanlardan viloyatning maʼmuriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi. Bu yangi tashkil etilayotgan jamoat transport yo‘nilishlarining markazida Nurafshon shahri turishi lozimligi alohida qayd etildi.
Yig‘ilishda kambag‘allikka qarshi kurashish, mehnat migrantlari bilan ishlash bundan buyon Toshkent viloyatida mahalliy ijro etuvchi organlar rahbarlarining asosiy vazifasi etib belgilangani ham taʼkidlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi Toshkent viloyatida eri ayovsiz kaltaklagan ayol vafot etdi Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan zaharlandi, ayol vafot etgan Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan MChJlar jarimaga tortildi Toshkent viloyatida ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi