17 Oktabr 2024, 10:17 Oʻzbekiston

Toshkent viloyati uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Toshkent viloyati uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi

Toshkent viloyatida jamoat transportini yaxshilash maqsadida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi rejalashtirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zoir Mirzayev 16-oktyabr kuni o‘tkazilgan “hokimlik soati”da Toshkent viloyatida transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Transport boshqarmasi aholi vakillarining fikrini o‘rgangan holda, barcha shahar va tumanlardan viloyatning maʼmuriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi. Bu yangi tashkil etilayotgan jamoat transport yo‘nilishlarining markazida Nurafshon shahri turishi lozimligi alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda kambag‘allikka qarshi kurashish, mehnat migrantlari bilan ishlash bundan buyon Toshkent viloyatida mahalliy ijro etuvchi organlar rahbarlarining asosiy vazifasi etib belgilangani ham taʼkidlandi.

Mashhur yangiliklar