Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar etib tayinlandi.
Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida oʻtgan navbatdagi faollar yigʻilishida Otabek Tursunov yangi rahbar sifatida tanishtirilgan hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olingan.
Otabek Tursunov 1984-yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Tursunov ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.
U mazkur tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi