Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi xizmati tariflari oshdi
Bu sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qilishi aytildi.

Toshkent hamda Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yagona toʻlov tariflari tasdiqlandi.
Unga koʻra, Toshkent viloyatining ayrim hududlarida (Bekobod va Nurafshon shahri hamda Zangiota tumani) jismoniy shaxslar, yaʼni aholi uchun 7 840 soʻm (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 metr kub uchun 82 880 soʻm toʻlov miqdori belgilandi.
Belgilangan toʻlov tarifi Toshkent viloyati “Ibrohimjon ishonch” MChJ, “Shabnam-obod-servis” MChJ, “Ahmadjon omad baraka” XK, “Dilshod Murodbaraka” XK, “Metal-mexanik-master” MChJ, “Orzu ishonch fayz” MChJ, “Dilxumor servis” MChJ, “Obod hudud servis” MChJ, “Iskandar servis luks” MChJ, “Maks qur lider maxsus” MChJ hamda “Nurafshon-obod-hudud” MChJlar kabi sanitar tozalash korxonalari uchun tasdiqlangan.
Shuningdek, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida (Gʻozgʻon shahri hamda Xatirchi, Navbahor, Nurota va Konimex tumanlari) jismoniy shaxslar yaʼni aholi uchun 4 950 soʻm (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 metr kub uchun 80 080 soʻm miqdorida toʻlov tasdiqlandi. Belgilangan toʻlov tarifi “Mironshox comfort servis” MCHJ sanitar tozalash korxonasi uchun amal qiladi.
Maishiy chiqindilarni joylashtirish, saqlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish xizmati uchun Navoiy viloyati boʻyicha 1 metr kub — 20 160 soʻm hamda 1 tonna — 48 933 soʻm etib tasdiqlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi O‘zbekistonda ayrim notarial xizmatlar uchun komissiya miqdori oshirildi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi Navoiyda 644 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







