14 Fevral 2025, 15:59 Oʻzbekiston

Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

15–18 fevral kunlari Toshkent viloyatining uchta va Namangan viloyatining bitta tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida 15−18 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Quyidagi hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiriladi:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

Mashhur yangiliklar