Toshkent va Moskva o‘rtasida temiryo‘l qatnovlari tiklanadi
Qatnovlar 2020 yilda koronavirus pandemiyasi davrida to‘xtatilgan edi.
2024 yil 24 sentabrdan “Toshkent — Moskva — Toshkent” yo‘nalishida qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi. Qatnovlar 2020 yilda koronavirus pandemiyasi davrida to‘xtatilgan edi.
Qayd qilinishicha, Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha birinchi poyezd 24 sentabrda yo‘lga chiqadi. Keyingi reyslar 2 oktyabr, 10 oktyabr, 26 oktyabr, 2 noyabr, 18 noyabr, 26 noyabr, 4 dekabr, 12 dekabr kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Moskva — Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd 28 sentabr kuni yo‘lga chiqadi. Keyingi reyslar 6 oktyabr, 14 oktyabr, 30 oktyabr, 6 noyabr, 22 noyabr, 30 noyabr va 8 dekabr kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Chiptalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” sayti orqali xarid qilish mumkin. 24 sentabrda jo‘naydigan poyezd uchun quyidagi narxlar belgilangan:
- platskart — 2 616 770 so‘m ($206);
- kupe — 3 574 240 so‘m (282 dollar).
Kompaniyaning ta’kidlashicha, chiptalarni oldindan sotib olishda chegirma beriladi. Misol uchun, poyezd jo‘nashidan 41-45 kun oldin sotib olinsa, asosiy narxning 35 foizi miqdoridagi eng katta chegirmaga ega bo‘lish mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
1 fevraldan yotoqli poyezdlar chiptasi ham qimmatlashadi Temiryo‘l kassalari va ilovada chiptalar qolmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi O‘zbekiston fuqarosi rossiyalik general o‘limida gumonlanmoqda Toshkent viloyatida Damas’ni poyezd urib yubordi “O’zbekiston temir yo‘llari” ham talabalar uchun 50 foizlik chegirma e’lon qildi