Toshkent shahrining “Shahrisabz” ko‘chasida yo‘lni kapital ta’mirlash boshlandi
Yo‘l harakati to‘xtatilmaydi, biroq noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raldi.

Toshkent shahrining “Shahrisabz” ko‘chasida kapital ta’mirlash ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ishlar Grand Mir mehmonxonasi atrofidagi aylanadan Amir Temur xiyoboni chorrahasigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Shunga qaramay, rasmiylar tirbandlik va haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun hududda harakatni saqlab qolishni va yo‘lni to‘liq yopmaslikni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, poytaxt aholisi va mehmonlari yo‘lning har qanday qismi yopilgan taqdirda, ma’muriyat bu haqda oldindan xabar berishiga ishontirildi. Hokimiyat keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘radi.
Avvalroq Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi bir oyga yopilishi haqida xabar berilgandi. Harakatni cheklash yer osti o‘tish joyi qurilishi bilan bog‘liq.
Izohlar