9 Sentabr 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB talabalarni uyni ijaraga olishda firibgarga aldanib qolishdan ogohlantirdi.

Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi

Joriy yilning 9-sentyabridan Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish boshlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB poytaxtga kelib ta’lim oluvchi talabalar uchun ijara uylarga joylashishda nimalarga ahamiyat qaratish haqida tavsiyalar berdi.

Boshqarmaning ogohlantirishicha, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda yoki e’lonlar joylashtiriladigan ilova hamda veb-saytlarda arzon narxlarda ijaraga uy taklif qiladi.

Agar unga qiziqish bildirsangiz, xaridor ko‘pligini sabab qilib, uni band qilish uchun oldindan pul talab qilishadi.

E’tibor bering! Barcha firibgarlar bank plastik karta raqamlarini taqdim etganidan so‘ng kelishilgan pulni tashlab berishingizni so‘raydi. Bu esa sizga qo‘yilgan asosiy tuzoq. Ya’ni siz pul o‘tkazmasini amalga oshirganingizdan keyin uy egasini ham, pulni ham ko‘rmaysiz, deyiladi IIBB axborotida.

Hurmatli talabalar, firibgarlarni tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

  • internetda ko‘rgan har qanday e’lonlarga ishonib qolmang;
  • uyni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmasdan oldin to‘lov qilmang va iloji
  • bo‘lsa ishonchli mutaxassislar bilan ishlashga harakat qiling;
  • ijara shartnomasi tuzishga alohida e’tibor bering.

Mashhur yangiliklar