Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 1 mlrd so‘m undirildi
Tadbirkorning binosini buzib tashlagani uchun Toshkent shahar hokimligi 1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi.
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Sayohat” (nomi o‘zgartirilgan) xususiy korxonasi rahbari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan mulki uchun kompensatsiya to‘lab berilmaganidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Bu haqda biznes ombudsman xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, tadbirkorga tegishli bo‘lgan noturar joy binosi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Mustaqil baholovchi tashkilotning hisobotiga ko‘ra, bino va yer uchastkasining umumiy qiymati 1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Biroq hokimlik tomonidan tadbirkorga kompensatsiya to‘lovi amalga oshirilmagan.
O‘rganish davomida Vakil devoni tomonidan tadbirkor manfaatida tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi. Sud tomonlarning da’vo va e’tirozlarini o‘rganib chiqib, Vakil devonining tadbirkor manfaatidagi da’vosini qanoatlantirgan. Javobgar Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 1 milliard so‘mlik kompensatsiya to‘lovini undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi Toshkentda binoning yerto‘la qismida yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentda tadbirkorga qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda Ozarboyjon fuqarolaridan pul talab qilgan shaxslar ushlandi