Toshkent – Nyu York yo‘nalishida uchgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi
Shu munosabat bilan ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘nish qarorini qabul qilgan.

Uzbekistan Airways’ning HY101 reysi (Toshkent – Nyu York) bortida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, parvoz davomida yo‘lovchilardan birida tug‘uruq boshlangan. Vaziyatni baholab, ekipaj brigadasi boshqaruvchisi ovozli eʼlon orqali samolyotdagi shifokorlarni yordamga chaqirgan.
Chaqiriqqa yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh javob bergan va biroz vaqt o‘tib, yo‘lovchi o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan.
Shu munosabat bilan ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘nish qarorini qabul qildi. Samolyot muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, tibbiyot xodimlari bortga ko‘tarilib, zarur yordam ko‘rsatdi. Ona va chaqaloq mahalliy klinikaga yetkazildi.
“Uzbekistan Airways ushbu ajoyib voqea bilan baxtiyor oilani tabriklaydi! Shuningdek, ekipaj va tibbiy xodimlarga o‘zlarining professionalligi va hamjihatlikda ko‘rsatgan yordamlari uchun chuqur minnatdorlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi Toshkentdan Istanbulga uchadigan ikki kunlik reyslar bekor qilindi O‘zbekistonda 2024-yilda ota-onalar ko‘roq necha yoshda farzandli bo‘ldi? Samarqandda yangi tug‘ilgan chaqaloq chiqindixona yaqiniga tashlab ketildi Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Soʻnggi yangiliklar







