Toshkent metrosining yopiq vestibyullari ochiladi
Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochmoqda.

Toshkent shahrida “Milliy bog‘” metro bekati ikkinchi vestibyulini ta’mirlash ishlari boshlandi. Internetda qurilish ishlarining foto va videolari paydo bo‘ldi.
Gazeta.uz’ning Toshkent metropoliteni matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, beshta bekat — “Milliy bog‘”, “Mashinasozlar”, “O‘zbekiston”, “G‘afur G‘ulom” va “Yunus Rajabiy” stansiyalarining ikkinchi vestibyulini ochish rejalashtirilmoqda.
Iyul oyi boshida metropoliten ikkinchi vestibyuli ishlamaydigan bekatlar 30−40 yil avval (2001-yilda ochilgan Yunus Rajabiydan tashqari) zarur ishlar tugallanmagan holda foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edi. 2023-yilda metro qatnoviga bo‘lgan talab ortib borishini inobatga olgan holda, metropoliten ushbu chiqishlarni ochish tashabbusi bilan chiqqan. O‘zbekiston hukumati ishni bajarishga ruxsat bergan.
Toshkent metropoliteni qoshidagi “Toshmetrotrans” loyiha instituti tomonidan barcha yopiq vestibyullarni ishga tushirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilib, davlat ekspertizasiga topshirilgan. So‘ng loyihalar pudratchini aniqlash uchun tenderga qo‘yilgan. Ish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va avgust oyidan boshlanishi ma’lum qilingandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent metrosi uchun yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi Toshkent metrosida 2024-yilda qancha yo‘lovchi tashilgani aytildi Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi Toshkent metropoliteni Rossiyadan yana uchta yangi tarkibni oldi Toshkent metrosi Yangi yil kechasida soat 2:00 gacha ishlaydi
Soʻnggi yangiliklar







