O‘zbekiston

Toshkent metrosining yerusti liniyasi ish faoliyatini qayta boshlash sanasi e’lon qilindi

Poyezdlar test rejimida harakatlanishni boshlaydi.

Toshkentda yer usti halqa metro liniyasida yo‘lovchi tashish 18 oktyabrdan boshlanishi kutilmoqda, deya xabar berdi metropoliten matbuot xizmati.

Rejali profilaktik ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli poyezdlar harakati to‘xtatildi. Hozirda ishlar yakuniy bosqichga chiqdi. Harakat xavfsizligi va qulayligini maksimal darajada ta’minlash uchun poyezdlar dastlab yo‘lovchilarsiz harakatlanadi.

Sinovlar yakunlanib, ijobiy xulosa olingandan so‘ng liniya odatdagi tartibda ishlay boshlaydi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная