28 Avgust 2024, 08:17 •Oʻzbekiston
Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in chiqdi
Toshkent metropolitenining “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi.

27-avgust kuni Toshkent metropoliteni “Chilonzor” yo‘lining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar beradi metropoliten matbuot xizmati.
Soat 19:28 lar atrofida “O‘zgarish” bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv yuz bergan va oqibatda yong‘in chiqqan.
Nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten hodimlari tomonidan o‘chirilgan. Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan.
Xabarda aytilishicha, yong‘inda hech kimga jarohat yetmagan.
Metropoliten yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanayotganini aytdi va noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in yuz berdi Toshkentdagi uylardan birida gaz portladi Toshkentdagi sotuv ofislaridan biri yonib ketdi Toshkentda yoʻlovchi avtobus yonib ketdi Andijonda fuqaroning uyi yonib ketdi
Soʻnggi yangiliklar

Xorazmda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
16 Mart 2025, 17:11
O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi
16 Mart 2025, 10:04
O‘zbekiston va Rossiya JST bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
15 Mart 2025, 18:18
Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi
15 Mart 2025, 12:23
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15 Mart 2025, 08:45
Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
14 Mart 2025, 19:48
Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi
14 Mart 2025, 17:53
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
14 Mart 2025, 17:12