O‘zbekiston

Toshkent metrosidagi bekatda yo‘lovchi ayol farzand dunyoga keltirdi

Chaqaloqning dunyoga kelishiga poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi Naima Mahamadjanova yordam bergan.

6-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “G‘afur G‘ulom” bekatida ayol farzandli bo‘ldi, deb xabar bermoqda metropoliten axborot xizmati.

Holat yuzasidan stansiyada xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi Naima Mahamadjanovaga ma’lumot bergan.

Bilim va ko‘nikmalarini ishga solib, zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatib, ayolning eson-omon farzandli bo‘lishiga ko‘maklashdi. Navbatchi tug‘ruqdan keyingi zarur choralarni ko‘rdi — kindikni bog‘ladi va chaqaloqning nafas olish refleksini rag‘batlantirdi.

Metro xodimlari tez yordam va tug‘gan ayolning yaqinlarini chaqirishgan. Shifokorlar kelguniga qadar stansiya xodimlari ona va bolaning ahvolini nazorat qilib, ularning xavfsizligini ta’minlagan. Ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘i yaxshi — ular kasalxonaga olib ketildi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная