11 Aprel 2025, 11:34 Oʻzbekiston

Toshkent metrosida yoʻlovchilar ketayotgan poyezd bekatlar oraligʻida qolib ketdi

Mashinist nosozlikni aniqladi, uni tuzatdi va harakatni davom ettirdi.

Toshkent metrosida yoʻlovchilar ketayotgan poyezd bekatlar oraligʻida qolib ketdi

11-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda metroda odamlar ketayotgan poyezd vagoni bekatlar oraligʻida qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Metropoliten hodisaga izoh berdi.

Aniqlanishicha, voqea taxminan soat 07:53 larda “Mingoʻrik” bekatidan harakatlanayotgan 67-sonli poyezdda sodir boʻlgan. Shu sababli, “Ming oʻrik” va “Yunus Rajabiy” bekatlari oʻrtasidagi poyezdlar harakati yoʻlovchilar xavfsizligi uchun toʻxtatildi.

“Mashinist tomonidan tezkor koʻrilgan chora-tadbir natijasida 3 daqiqa ichida harakat tarkibidagi nosozlik bartaraf etilgan va poyezd harakatini davom ettirgan. Hozirgi vaqtda yoʻnalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar