27 Yanvar 2025, 13:52 Oʻzbekiston

Toshkent metrosida 2024-yilda qancha yo‘lovchi tashilgani aytildi

Statistika agentligiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2023-yilgiga qaraganda 98,3 million kishiga ko‘p.

Toshkent metrosida 2024-yilda qancha yo‘lovchi tashilgani aytildi

2024-yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchi tashidi. Bu 2023-yilda tashilgan 172 million yo‘lovchiga nisbatan 98,3 million yoki 57,2 foiz ko‘p ekanini prezidenti huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Taqqoslash uchun, 2022-yilda metrodagi yo‘lovchilar soni 136,7 million, 2021-yilda 101,8 million, pandemiya yili bo‘lgan 2020-yilda esa 38,8 million kishini tashkil etgan.

16-dekabrda poytaxt metrosi birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgandi.

Mashhur yangiliklar