4 Fevral 2025, 14:41 Oʻzbekiston

Toshkent metrosi uchun yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan.

Toshkent metrosi uchun yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteni vagon parkiga 4-fevral kuni yangi 3 ta metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Qayd etilishicha, fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan

Mashhur yangiliklar