Toshkent metropolitenining yangi liniyasi ikki bosqichda quriladi
Prezidentga rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent metropolitenini “Toshkent traktor zavodi” massivigacha uzaytirish rejalashtirilgan. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Xususan, Chilonzor yo‘nalishining Pushkin bekatidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Feruza massivigacha bo‘lgan birinchi bosqichda mavjud temir yo‘llar bo‘ylab yer usti liniyasi paydo bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda ushbu liniya TTZ massividagi avtostansiyagacha uzaytiriladi. Yangi metro liniyasi kuniga 85 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Taqdimotda mutasaddilar loyihaning texnik va amaliy jihatlarini batafsil ko‘rib chiqdi.
Avvalroq metropoliten deputat Javlon Abdullayevning Toshkent metropolitenini tezlashtirish bo‘yicha takliflari bilan o‘rtoqlashganiga munosabat bildirilgani haqida xabar berilgandi. Qonunchilik palatasi vakili yangi poyezdlarni yo‘lga qo‘yish va tig‘iz paytlarda reyslar sonini ko‘paytirishni taklif qilgan.
Izohlar