17 Dekabr 2024, 10:49 Oʻzbekiston

Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

Millioninchi yo‘lovchiga poytaxt jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi.

Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

Toshkent metropoliteni  kecha, 16-dekabr kuni ilk bor 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, millioninchi yo‘lovchi poytaxtda yashovchi Kozim Sohibov bo‘lgan. Unga “Chinor” bekati boshlig‘i Abdurahmon Abdug‘afforov esdalik sovg‘asi va bir yil davomida Toshkent jamoat transportidan (metro va avtobus) bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasini topshirdi.

“Chinor” bekati hududida istiqomat qiluvchi Kozim Sohibov bu mukofot o‘zi uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lganini aytdi. U “Tuzel” bekati hududidagi ishiga borish uchun har kuni metrodan foydalanishini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni poytaxtda ko‘p qor yog‘di. Shahar rahbariyati avtomobil egalari va haydovchilarini jamoat transportidan foydalanishga ustunlik berishga chaqirdi.

Mashhur yangiliklar