O‘zbekiston

Toshkent markazidagi ko‘cha bir necha kunga yopildi — xarita

Kapital ta’mirlash ishlari kecha-yu kunduz ikki smenada olib boriladi.

2-iyuldan 5-iyulga qadar Toshkent shahri markazidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Sodiq Azimov ko‘chasi bilan kesishmasi yopildi, deb xabar bermoqda Mirzo Ulug‘bek tumani axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi kapital rekonstruksiya qilinib, rivojlangan infratuzilma va sayyohlik yo‘nalishiga ega zamonaviy ko‘chaga aylantirilmoqda. Qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida “Sodiq Azimov” va “O‘zbekiston ovozi” ko‘chalari kesishmasida 2-iyul soat 12:00 dan 5-iyul soat 08:00 ga qadar avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Haydovchilar uchun quyidagi tavsiyalar berildi:

  • Mustaqillik shoh ko‘chasidan harakatlanayotganda Maxatma Gandi ko‘chasiga burilib, orqaga qaytish mumkin;
  • Maxtumquli ko‘chasidan harakatlanishda Sodiq Azimov ko‘chasining O‘zbekiston ovozi ko‘chasiga tutash qismida burilish mumkin.

Avvalroq sun’iy intellekt Toshkentga yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarni kamaytirishga yordam berishi haqida xabar berilgandi. Tiqilinchlar ikki baravar kamayishi kerak.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная