“Toshkent issiqlik markazi” assosiz 2,5 mlrd so‘mdan ortiq daromad olgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi mazkur MChJga ortiqcha olingan daromadni qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
“Toshkent issiqlik markazi” MCHJga 2,5 mlrd so‘mdan ko‘proq ortiqcha olingan daromadni qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berildi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “Issiqlik elektr stansiyalari” tizimidagi “Toshkent issiqlik markazi” MCHJning 2021-2023-yillar davomida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi narxlari (tariflari) shakllanishi va qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib quyidagilar aniqlandi.
Mazkur tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi narxlari Toshkent shahar moliya organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra har bir Gkal uchun 13,3 m3 suv meʼyorda sarflanishi belgilangan. Qayd etilgan issiqlik energiyasi narxlari (tariflari) bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlar o‘rganilganda har bir Gkal uchun belgilangan meʼyor 14,01 m3ga oshirilganligi aniqlangan.
Natijada jamiyat tomonidan suv sarfiga belgilangan meʼyor 0,71 m3ga oshirilib, 4 728,85 ming m3 ortiqcha suv sarflangan, buning oqibatida 2023-yil davomida sotilgan 6 667 124,3 Gkal issiqlik energiyasi hajmiga nisbatan 2,5 milliard so‘mdan ortiq asossiz daromad olinganligi aniqlangan.
“Toshkent issiqlik markazi” MCHJning yuqoridagi harakatlarida hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning talablari buzilgan deb topilib, jamiyatga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ish qo‘zg‘atildi va natijasi yuzasidan ortiqcha olingan daromadni ixtiyoriy ravishda isteʼmolchilarga qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi