Toshkent hokimligi Bosh prokuratura xabariga raddiya berdi
Avvalroq Bosh prokuratura Shayxontohur tumanida hokim yordamchisi fuqarolarning 635 mln so‘m kredit pullarini o‘zlashtirganini xabar qilgandi.

Bosh prokuratura Toshkent shahar Shayxontohur tumanida hokim yordamchisi fuqarolarning 635 million so‘mini o‘zlashtirgani haqida xabar bergandi. Toshkent shahar hokimligi poytaxtda bunday tavsifga mos keladigan mansabdor shaxs yo‘qligini bildirdi.
Bosh prokuratura axborotida Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi M.F. 20 nafar fuqarolarga elektron tarzda bergan tavsiyanomalariga asosan, qabul qilib olgan elektron kalitlardan foydalangan holda jami 427,7 million so‘mlik kredit mablag‘larini qo‘lga kiritib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan ehtiyojmand oila a’zolarining hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyati yo‘lga qo‘yilishini tashkillashtirmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgani keltirilgan.
Shayxontohur tumani hokimligi bunga munosabat bildirib, tumandagi mahallalarning birida hokim yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan M.F. 2024-yil noyabr oyining 29-sanasida o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.
Poytaxt hokimligi ham buni tasdiqlab, ommaviy axborot vositalaridan axborotni e’lon qilishda ishonchlilik, xolislik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishga chaqirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin Toshkentda Gentra haydovchisi odamlarni bosib ketishga urindi Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi Toshkent shahrida 1 sotix yer necha pul? Qarzdor xonadon sabab butun uy issiqlik ta’minotidan uzilishi rad etildi
Soʻnggi yangiliklar







